Вход Регистрация

Закрыть

Сожалеем, но в вашей стране музыка не доступна
Sorry music in not allowed in your country

Текст песни Gul edim

\"Gul edim\"

Gul edim...
Gul edim, bog‘imdan erta uzdilar,
Murg‘ak hayotimning qasrin buzdilar,
Orzu-havaslarim dunyocha edi,
Bo‘g‘zimga nopoklar qo‘lin cho‘zdilar.

Gul edim... Gul edim...
Tonglarni shom qilar nafs bandalari,
Elni badnom qilar nafs bandalari,
Ko‘z yoshni sharobdek quyib ichmoqqa
Kaftini jam qilar nafs bandalari.

Gul edim... Gul edim...
Ona, ortimdagi ovoraginam,
Yig‘idan ko‘z yoshi favvoraginam,
Taqdirim o‘nglashga ming bor urinib,
Erisha olmagan bechoraginam.
Gul edim...

Men netay, hayotga boqib ulgurmay
Baxtsizman, baxt shamin yoqib ulgurmay,
Qumloqlarga singib quridi qancha
Jilg‘alar soy tomon oqib ulgurmay.

Gul edim.. Gul edim..
Dilimdan otilib chiqolmas faryod,
Sir bo‘lgan sevgimni qildilar barbod,
Haqli edim sevgan davrim, vasliga
Yetmadim, yomonlar dastidan ming dod!

Gul edim... Gul edim...
Baxtimni sotdingiz, jon otajonim,
Gunohga botdingiz, jon otajonim,
Hayot ato qilib, so‘ng xato qilib,
Qaylarga otdingiz, nomehribonim.

Gul edim... gul edim... gul edim..


Нравится этот исполнитель? Расскажите о нем друзьям — поделитесь этой страницей:

Комментировать